Biz haqimizda
Digital-mahalla.uz - O'zbekistonda mahallalar tizimini raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan platforma
Bizning maqsadimiz
Digital-mahalla.uz platformasi yurtimizda aholining ish bilan bandligini ta'minlash, aholini kasb-hunarga o'qitish, ishsizlarni kasbga yo'naltirish, yangi tadbirkorlikni yaratish va mavjud tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish kabi maqsadlarni o'z ichiga oladi.
Bizning asosiy maqsadlarimiz:
- Davlat siyosatini mahallagacha tushirish
- Aholi bandligini ta'minlash
- Aholi daromadini ko'paytirish
- Tadbirkorlikni rivojlantirish
- Kambag'allikni qisqartirish
Platformaning imkoniyatlari
Kredit olish imkoniyati
Fuqarolarning "Oilaviy tadbirkorlik dasturlari" doirasida kredit olish uchun topshirgan arizalarni real vaqt rejimida ko'rib chiqish
Subsidiya olish
Fuqarolarning bandligini ta'minlashga qaratilgan subsidiya olish uchun berilgan arizalarini onlayn ravishda, qo'shimcha hujjatlarsiz ko'rib chiqish
Ish bilan ta'minlash
Fuqarolarni tegishli bo'sh ish o'rinlariga tavsiya qilish orqali ularning bandligini ta'minlash
Kasb-hunarga o'qitish
Fuqarolarni davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlariga kasb-hunar va tadbirkorlik yo'nalishi bo'yicha o'qitishga onlayn tavsiya taqdim etish
Bog'lanish
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani
Tel: +998770389903
Email: jasurpardaboyev@gmail.com